Ko‘kdala nimstansiyasida yong‘in chiqdi

Ko‘kdala nimstansiyasida yong‘in chiqdi

Holat yuzasidan rasmiylar izoh berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15-iyun 20:30 lar atrofida Ko‘kdala tumanida joylashgan Ko‘kdala nimstansiyasining 10 kVa o‘chirib-qo‘shish hujrasi (yacheykasi)da nosozlik kuzatilib, qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

"Ijtimoy tarmoqlarda aks etgan "nimstansiyadagi yong‘in" mazkur qisqa tutashuvning oqibatida yuz bergan. Ayni paytga kelib yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Elektr ta’minotida yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda", - deyiladi "Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabarida .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!