Krasnodarga dronlar tomonidan hujum qilingan

Krasnodarga dronlar tomonidan hujum qilingan

Krasnodar markazida portlash yuz berdi, shaharga dronlar tomonidan hujum qilingan

Shahardagi portlash haqida hududiy tezkor shtab xabar berdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Binoning tomi va derazalari shikastlangan. Bosh shtab voqea sababini aniqlamadi.

Keyinroq Krasnodar meri Yevgeniy Naumov o‘zining VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’muriy bino va turar-joy binosiga zarar yetganini yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Garagenaya 77/1 manzilidagi besh qavatli uyning oynalari qisman singan.

Shu bilan birga, "Baza" Telegram kanali shaharga dronlar tomonidan hujum qilingani haqida yozmoqda. Shahar aholisi 10 daqiqalik farq bilan ikkita portlash ovozini eshitgani xabar qilingan.

O‘z navbatida "Shot" Telegram kanali uchuvchisiz samolyot qoldiqlari aks etgan suratlarni e’lon qildi. Ushbu zarba nishoni Morskaya ko‘chasidagi uyali aloqa minorasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!