Korrupsiyani birgalikda yengamiz

Korrupsiyani birgalikda yengamiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Respublikamizning barcha hududlarida 2021 yil 1 oktyabrdan o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur qaror bilan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash, davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash, davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash Markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.

Shunga ko‘ra, kuni kecha Yangi Namangan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, joylarda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida "Korrupsiyani birgalikda yengamiz" mavzusida davlat organlari va tashkilotlarining Yangi Namangan tuman bo‘limi xodimlari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullari va tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari ishtirokida seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining raisi Qodirov Samadjon Adxamjanovich hozirda mamlakatimizda korrupsion holatning ahvoli haqida statistik ma’malumotlarga to‘xtaldi, seminar ishtirokchilarini korrupsion holatga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!