Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi imtihonlarni to‘liq nazorat qiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi imtihonlarni to‘liq nazorat qiladi

Joriy yil 1–10-avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

2021/2022-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, ilk bor imtihon bo‘ladigan bino va maydonlarda o‘rganishlar olib borish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.

Unga ko‘ra Vazirlik va Agentlik mas’ul xodimlari tomonidan jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jonli efirga uzatilishi to‘liq nazorat qilinadi.

Siz imtihonda korrupsiyaviy yoki jonli efirga uzatish tartibiga rioya etilmaslik holatlariga duch kelsangiz vazirlikning telegramdagi @EduAntiCorruptionBot ga yoki 1006 Ishonch raqami orqali murojaat qilishingiz so‘raladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!