Koronavirusning yana bir g‘alati xususiyati paydo bo‘ldi

Koronavirusning yana bir g‘alati xususiyati paydo bo‘ldi

Flinders universitetining avstraliyalik olimlari SARS-CoV-2 koronavirusining boshqa viruslardan ajratib turadigan yana bir g‘aroyib xususiyatini aniqlashdi.

"Izvestiya" ma’lumotlariga ko‘ra, tirik organizmlarning ushbu infeksiyaga chidamliligini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, koronavirus odam hujayralariga juda oson moslashadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 ACE2 reseptorlari orqali tanaga kiradi va hujayralar oqsillar orqali bog‘lanadi. Ma’lum bo‘lishicha, u odam bilan allaqachon kuchli “aloqa o‘rnatgan”.

“Bu yangi virus inson vujudida hech qachon bo‘lmagan, ammo uning inson reseptorlari bilan yuqori darajada bog‘lana olishi juda ajablanarli”, deydi Flinders universiteti professori Nikolay Petrovskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus inson tanasiga shunchalik yaxshi moslashganki, aloqani saqlab qolish uchun unga mutasiya qilish shart emas.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!