Koronavirusning «Britan shtammi»da o‘limlar soni nega ko‘p? JSST eksperti izohi

Koronavirusning «Britan shtammi»da o‘limlar soni nega ko‘p? JSST eksperti izohi

Koronavirus infeksiyasidan o‘lim holatlari soni o‘sishi faqat yangi shtammlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq emas. 22 yanvar kuni o‘tkazilgan brifingda JSST eksperti Mariya van Kerkxove shunday bayonot berdi.

Ekspert Buyuk Britaniya olimlaridan yangi shtamm kasallikni yanada og‘irlashtirish bilan birga, ko‘proq o‘lim holatlariga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot olinganini aytdi.

«Biroq boshqa bir omilni ham hisobga olishimiz shart. Transmissivlik, ya’ni kasallar sonining oshishi stasionar va intensiv terapiya bo‘limlarida yotgan bemorlar soni yanada ko‘payganini ham anglatadi. Oqibatda sog‘liqni saqlash tizimiga bosim yuki oshib ketyapti, shuning uchun ham o‘limlar soni ko‘paymoqda», — dedi Mariya van Kerkxove.

Koronavirus har qancha mutasiyaga uchrashidan qat’i nazar, avvalo infeksiya tarqalishining oldini olishimiz shart, ta’kidladi mutaxassis.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson yangi shtamm ko‘proq o‘limga sababchi bo‘layotganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!