Koronavirusning 12 ming mutasiyasi aniqlandi. Bu qanchalik xavfli?

Koronavirusning 12 ming mutasiyasi aniqlandi. Bu qanchalik xavfli?

Mutaxassislar koronavirusning 12 ming mutasiyasini o‘rganishdi va ularning hech biri yuqumlilik darajasini oshirmasligini aniqlashdi.

Tegishli maqola “Nature Communications” ilmiy jurnali tomonidan nashr etildi.

Ta’kidlanishicha, koronavirus uch holatda mutasiya qilishi mumkin: ko‘payish paytida, boshqa viruslar bilan o‘zaro aloqada bo‘lganda va uy egasining immuniteti tufayli.

Koronavirusning birinchi o‘zgarishi mart oyining boshlarida Yevropada S geni mutasiyasiga ega shtammlar tarqala boshlaganida qayd etilgan. Ushbu gen organizmga kirib borish uchun javob beradigan qobiqning o‘sha qismida oqsillar hosil bo‘lishini nazorat qiladi.

Qayd etilishicha, ayni paytda dunyoda tarqalgan yangi turdagi koronavirus viruslarining deyarli barcha o‘zgarishlarida ushbu D614G mutasiyasi mavjud.

Tadqiqotchilar, shuningdek, keng ko‘lamli emlashlar virusning yanada yuqumli bo‘lishiga sabab bo‘ladigan yangi mutasiyalarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!