Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlarning yangi miqdori belgilandi

Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlarning yangi miqdori belgilandi

Hukumatning tegishli qaroriga (№461, 04.08.2020y) ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar ("COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi miqdorlarda har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi:

👉 vrach xodimlarga - 2,5 million so‘m;
👉 o‘rta tibbiyot xodimlariga - 1,5 million so‘m;
👉 kichik tibbiyot xodimlariga - 1,0 million so‘m;
👉 boshqa xodimlarga - 500 ming so‘m.

Shuningdek, ushbu qarorga binoan, Sog‘liqni saqlash vazirligining ixtisoslashgan tibbiyot majmualari negizida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etiladi.

Quyidagilar:

👉 “Universal” sport majmuasida tashkil etilgan 750 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitaliga;

👉 “O‘zekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilyonida tashkil etilgan 814 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;

👉 “Nazarbek” sog‘lomlashtirish maskanida tashkil etilgan 350 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Milliy gvardiya va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga;

👉 Yoshlik sport majmuasida tashkil etilgan 520 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy harbiy gospitaliga;

👉 “O‘zekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilyonida tashkil etilgan 1000 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona, Sergeli tumanidagi 2-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan 250 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona va Olimpiya zaxiralari sport saroyida 500 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Toshkent shahar hokimligiga biriktirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!