❗️«Koronavirusga emlanganlar kasallikni yengil o‘tkazadi, reanimasiyaga tushmaydi, o‘lim holati kuzatilmaydi», — mutaxassis

❗️«Koronavirusga emlanganlar kasallikni yengil o‘tkazadi, reanimasiyaga tushmaydi, o‘lim holati kuzatilmaydi», — mutaxassis

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ilgor texnologiyalar markazi biotexnologiya laboratoriya mudiri Dilbar Dalimova vaksina bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etdi.

«Ko‘pchilik vaksina olgan bo‘lsa ham koronavirusga chalinanayotgani va vaksina yordam bermayotgani haqida aytishmoqda.

❗️Aslida bu noto‘g‘ri.

Vaksina albatta yordam beradi. Qachonki vaksinani to‘liq, barcha dozasini olsa, kasallikka qarshi immunitet paydo bo‘ladi va kasallikni yengish juda oson bo‘ladi.

Albatta, emlandi, degani bu — umuman kasal bo‘lmaydi, degani emas. Vaksina olgan kishi koronavirusni yengil o‘tkazadi, kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi, reanimasiyaga tushmaydi, o‘lim holati kuzatilmaydi. Eng asosiysi shu.

🦠 Koronavirusning yangi shtammlariga nisbatan samaradorlik darajasi ham o‘rganildi. Albatta, yangi shtammlarga uning ta’siri kamayadi. Boshqa vaksinalar samaradorligi 10-15 foizga kamaygan bo‘lsa, O‘zbekiston-Xitoy hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining samaradorligi bor-yo‘g‘i 1,2 foizga kamaydi. Bu degani — vaksina boshqa shtammlarga nisbatan ham ishlaydi, degani», — deya ta’kidladi mutaxassis.

Rasmiy xabarlar (https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official) | Mediabank (https://t.me/aokamediakontent/)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!