Koronavirusdan tuzalgan odam niqob taqmasa ham bo‘ladimi?

Koronavirusdan tuzalgan odam niqob taqmasa ham bo‘ladimi?

Koronavirusga chalinib tuzalgandan so‘ng bemorda immunitet hosil bo‘ladi, lekin bugungi kunda karantin qoidalari bo‘yicha niqobsiz yurish mumkin emas. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kasallikdan tuzalgan bo‘lsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish imkoniyatingiz kuchayadi va siz boshqa kasallik bilan kasallanishingiz mumkin.

Shu bois, tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yurish talab etiladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!