Koronavirus: Chexiyada kunlik antirekord qayd etildi

Koronavirus: Chexiyada kunlik antirekord qayd etildi

 Chexiyada 16 oktyabr kuni pandemiya boshlanganidan buyon rekord darajada sutkalik koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi.

Chexiya Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida COVID-19 kasalligi aniqlanganlar soni 11,1 mingdan oshdi, bu avvalgi kun (15 oktyabr)ga nisbatan 1,4 mingtaga ko‘pdir.

Chexiyada ketma-ket uchinchi kun koronavirus bilan kasallanish holatlari bo‘yicha rekord o‘rnatilmoqda. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 160,1 mingdan ortiq koronavirusga chalinganlar ro‘yxatga olingan, bemorlarning 1,2 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi infeksiyaning yuqori darajasi bir-ikki hafta davomida saqlanib qoladi va keyinchalik qat’iy cheklov choralari tufayli kamayadi, deb hisoblaydi.

Mutaxassislarning fikricha, agar chora-tadbirlar natija bermasa, oy oxiriga borib kasallanganlar soni chorak millionga yetishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!