Koronavirus 100 yil avval 100 million odamni halok qilgan "ispanka" epidemiyasiga o‘xshab bormoqda

Koronavirus 100 yil avval 100 million odamni halok qilgan "ispanka" epidemiyasiga o‘xshab bormoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Gebreyesus Jenevadagi brifingda COVID-19 pandemiyasi tarqalishi tezlashganini ma’lum qildi.

«Ayrim mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini ochib, ijtimoiy hayot tiklanganidan so‘ng muammoga duch keldi. Odamlar virus oldida ojizligicha qolmoqda. Global miqyosda pandemiya rivojlanishi jadallashdi», — dedi u.

JSST Bosh direktorining strategik masalalar bo‘yicha yordamchisi Raneri Guyerra, agar yer yuzini koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini qamrab olsa, millionlab odamlar halok bo‘lishini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, koronavirusning global xavfi 100 yil avval 100 mln. odamning yostig‘ini quritgan "ispanka" epidemiyasi ssenariysi bo‘yicha rivojlanmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!