Koreyalik ijodkorlar O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga olmoqda

Koreyalik ijodkorlar O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga olmoqda

“EBS1” telekanali ijodiy guruhi filmning “O‘zbekiston – shirin hislar mamlakati” nomli navbatdagi sonini tasvirga tushirmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, mazkur sonda O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan maskanlari, o‘zbek xalqining milliy taomlari, me’moriy yodgorliklari, madaniyati va an’analari hikoya qilinadi.

Ta’kidlanishicha, ijodiy guruhning Toshkent shahridan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlariga ham tashrifi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, hujjatli filmni joriy yilning sentyabr oyida efirda namoyish etish mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!