Konstitusiyaviy sud mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqdi

A A A
Konstitusiyaviy sud mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqdi

2023 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Oliy Majlis palatalari, Hukumat, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlari, ta’lim va ilmiy tashkilotlar vakillari hamda Konstitusiyaviy sud Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari qatnashdilar.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunga muvofiq Konstitusiyaviy sudning mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqildi.

Majlisda 2023 yil 30 aprel kuni referendumda umumxalq ovozi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi davlat va jamiyat hayotini modernizasiya qilish va mamlakatda konstitusiyaviy qonuniylik muhitini yanada mustahkamlash uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lgani, Asosiy qonun davlat organlarining faoliyatini demokratlashtirishga, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangicha konstitusiyaviy-huquqiy sharoitlarni yaratgani qayd etildi.

Konstitusiyaviy sud mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqdi

Xalqimiz tafakkurining mahsuli sifatida Konstitusiya fuqarolarning dunyoqarashi va huquqiy ongini sezilarli darajada yuksaltirdi, ayniqsa, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llaniladigan huquqiy hujjat sifatida qabul qilinishi natijasida kundalik hayotda Konstitusiyaga murojaat qilish imkoniyatining kengayishi, o‘z navbatida, davlat organlari va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini yanada oshirganligi ta’kidlab o‘tildi.

Konstitusiyaviy sud majlisida Asosiy qonunning mamlakatning butun hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi uning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishini, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar qo‘llanilishini anglatishiga e’tibor qaratildi. Xususan, o‘tgan qisqa davrda umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan 21 mingdan ziyod jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy va fuqaroviy ishlar bo‘yicha Konstitusiya va uning moddalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilganligi qayd etildi.

Konstitusiyaviy sud mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqdi

Majlisda Konstitusiyaviy sud tomonidan 2022–2023 yillarda 119 ta qonun va 1384 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha murojaatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilganligi, Konstitusiyaviy sud birinchi navbatda huquqiy normalarni qo‘llashning konstitusiyaviy-huquqiy masalalarini e’tiborga olishi ta’kidlandi.

Konstitusiyaviy sud Asosiy qonun uning normalarini to‘laqonli amalga oshirish bo‘yicha davlat organlari oldiga keng ko‘lamli va mas’uliyatli vazifalar qo‘yishi va ayni paytda uni to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq ayrim masalalar ham mavjudligiga e’tibor qaratdi.

Konstitusiya ustuvorligi, inson va fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash o‘z navbatida qonuniylik va huquq ustuvorligiga ta’sir etayotgan omillarni vakolatli davlat organlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlash va tezkor chora ko‘rishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan Konstitusiyaviy sud aholi murojaatlarida ko‘tarilgan konstitusiyaviy huquqlarni ta’minlash bilan bog‘liq quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:

bola huquqlari buzilishi holatlari kuzatilayotganligini inobatga olib, bolalarni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklardan himoya qilish, bu borada ota-onalar, ta’lim muassasalari, boshqa mutasaddi idoralar mas’uliyatini oshirish, tegishli qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq;

mulk huquqi kafolatlariga rioya etmaslik holatlari sezilarli kamaygan bo‘lsa-da, hali bu sohada muammolar saqlanib qolayotganligini inobatga olib, mahalliy davlat hokimiyatining ushbu masalalarda huquqiy madaniyatini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mulq huquqi buzilishi holatiga mutlaqo toqatsiz munosabatini shakllantirish, bu borada profilaktik choralarni kuchaytirish zarur;

– ba’zi hududlarda tadbirkor o‘z mahsulotini viloyat hududidan erkin olib chiqib ketishda to‘sqinliklarga uchrashi holatlarini e’tiborga olib, barcha mas’ullardan tovar va xizmatlarning erkin harakatlanishi bo‘yicha konstitusiyaviy kafolatlarga so‘zsiz rioya etish talab etiladi.

Konstitusiyaviy sud mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqdi

Majlisda konstitusiyaviy huquqlarga rioya etmaslik holatlari vakolatli davlat organlari diqqat-e’tibori markazida bo‘lishi kerakligi, bu bilan bog‘liq har bir holat zudlik bilan o‘rganilishi hamda buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga Konstitusiyaviy sud konstitusiyaviy normalarga rioya etmaslik bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish bilan cheklanmasdan, ularni yuzaga keltirgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tizimli choralarni ko‘rib borish zarurligini ham qayd etdi.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitusiyaviy sudga murojaat qilish institutini fuqarolar uchun yanada qulay qilish, konstitusiyaviy odil sudlovga erishishni ta’minlash maqsadida fuqarolarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Konstitusiyaviy sud mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqdi

Shu bilan birga sudlarning muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitusiyaga muvofiqligi to‘g‘risida Oliy sud orqali Konstitusiyaviy sudga murojaat qilish vakolatini amalga oshirish tartibini aniqlashtirish tavsiya etildi.

Konstitusiyaviy sud har qanday huquqiy ta’sir chorasi asoslangan, adolatli, zarur va o‘z maqsadiga erishish uchun yetarli hajmda bo‘lishi va fuqarolarning huquq va erkinliklarini asossiz, ya’ni ta’sir chorasi maqsadiga erishish mumkin bo‘lgan me’yordan ortiqcha darajada cheklamasligi lozimligini qayd etdi.

Shu munosabat bilan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik, yetarlilik konstitusiyaviy prinsiplariga rioya etishni ta’minlash maqsadida ayrim jinoiy va ma’muriy jazo choralarini, moliyaviy sanksiyalar, neustoyka (penya, jarima) hamda boshqa huquqiy ta’sir choralarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Konstitusiyaviy sud viloyat, tuman (shahar) sudyalarining tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldida axborot berish amaliyoti sudyaning mustaqilligi va xolisligiga rahna solishi mumkinligini inobatga olib, vakolatli davlat organlarini ushbu tartibni bekor qilishga chaqirdi.

Aholi takliflaridan kelib chiqib, alohida jinoyatlar, birinchi navbatda firibgarlik bo‘yicha jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishda sudlanuvchi tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning qoplanilganligini inobatga olish talabini kiritish orqali jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Shuningdek, dastlabki konstitusiyaviy nazoratni amalga oshirish tartibini aniqlashtirish, sud qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda sudya o‘z lavozimini saqlab qolishi kafolatlarini amalga oshirish mexanizmini qonunlarda belgilash, normativ-huquqiy hujjatlarga sharh berish uslubiyotini ishlab chiqish kabi masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi.

Konstitusiyaviy sud o‘z axborotida barcha davlat organlarini Asosiy qonunni amalga oshirish va mamlakatda konstitusiyaviy qonuniylikni ta’minlashda mas’uliyatni to‘laqonli his qilishga, o‘z faoliyatida Konstitusiyada kafolatlangan huquq va erkinliklarning cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslikka, ularni buzishning har qanday holatlari bo‘yicha tezkor va qat’iy choralarni ko‘rib borishga chaqirdi.

Konstitusiyaviy sud mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqdi

Majlisda Konstitusiyaviy sud Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari va huquqshunos olimlarning ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan fikr va mulohazalari ham tinglandi. Muzokaralarda so‘zga chiqqanlar tomonidan Konstitusiyaviy sud axboroti mamlakat tarixida birinchi marta ochiq majlisda ko‘rib chiqilayotganligi, unda ko‘tarilgan masalalar mamlakatda konstitusiyaviy qonuniylik muhitini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Konstitusiyaviy sud muhokama qilingan masalani har tomonlama o‘rganib chiqib, mutaxassis va ekspertlarning fikr-mulohazalarini hisobga olib, mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborotni tasdiqlash hamda uni Konstitusiya talablari asosida Oliy Majlis palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborish haqida qaror qabul qildi.

Konstitusiyaviy sud qarori Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida va Konstitusiyaviy sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.