Konor Makgregor xokkey tomosha qilishga keldi

Konor Makgregor xokkey tomosha qilishga keldi

The Ultimate Fighter 31 shousida ishtirok etayotgan Konor Makgregor xokkey uchrashuviga tashrif buyurdi.

Nyu-York shahrida (AQSh) joylashgan "Medison Skver Garden" arenasida Milliy Xokkey Ligasi muntazam chempionatidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda "Nyu-York Reynjers" jamoasi "Veshington Kepitals" jamoasini qabul qilib, 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Ta’kidlash lozim, ushbu uchrashuvga UFC sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor ham tashrif buyurdi. Mehmonga "Reynjers" jamoasining 12-raqamdagi futbolkasi ham sovg‘a qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ikkita vaznda sobiq chempion ayni damda The Ultimate Fighter 31 shousida ishtirok etmoqda. Uning UFC'dagi keyingi jangi amerikalik Maykl Chendlerga qarshi o‘tishi kutilmoqda. Makgregor TUF shousida ham aynan Chendler bilan birgalikda ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!