Konor Makgregor Oliveyra bilan jang qilmoqchi

Konor Makgregor Oliveyra bilan jang qilmoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi (MMA) Konor Makgregor braziliyalik Charlz Oliveyra bilan jang o‘tkazish istagi borligini aytdi. Makgregor Instagramda raqibining suratini joylashtirdi.

Cobiq chempion Makgregor amaldagi chempion Oliveyra bilan jang qilmoqchi. U raqibning braziliyalik futbolchi Neymar bilan tushgan suratini joyladi. "Men ikkalasini ham yengaman", - deb imzo chekdi Makgregor.

13 dekabr kuni Makgregor braziliyalik bilan jang o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qildi. U 12 dekabr kuni kamarini himoya qilgan Oliveyra bilan chempionlik jangini talab qildi. Braziliyalik amerikalik raqibi Dastin Poryeni muddatidan avval mag‘lub etgandi. 14 dekabr kuni Oliveyra Makgregorning chaqirig‘iga rozi bo‘lib, tez orada uchrashishni taklif qildi.

Makgregor shu yilning iyul oyida Poryega qarshi uchinchi jangida jarohat olgandi. Birinchi raund yakunida irlandiyalik oyog‘ini sindirib oldi. Makgregorning qaytishi 2022 yilning bahorida kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!