Kobulda general Do‘stum tarafdorlari «parallel hukumat» tuzmoqchi

Kobulda general Do‘stum tarafdorlari «parallel hukumat» tuzmoqchi

17 iyul kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida mamlakatning birinchi vise-prezidenti general Abdul Rashid Do‘stumni qo‘llab-quvvatlovchilar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyish qatnashchilari uning mamlakatga qaytarilishini talab qilishdi, deb xabar berdi «Afganistan.ru» portali.

Shu bilan birga faollar Faryob viloyati tumanlaridan birining polisiya boshlig‘i va Do‘stumning yaqin kishisi Nizomuddin Qaysariyni hibsdan ozod qilishga chaqirishdi. Qaysariy bundan ikki hafta muqaddam hibsga olingan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, unga nisbatan 20ta ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo polisiya boshlig‘ining partiyadoshlari uning hibsga olinishini Do‘stumga nisbatan siyosiy bosim sifatida baholashmoqda.

Namoyishchilar hukumatning me’yorida faoliyat olib borishi va parlament saylovlari o‘tkazish uchun birinchi vise-prezidentning mamlakatda bo‘lishi zarur ekanligini ta’kidlashdi.  

Norozilik namoyishi qatnashchilari Kobulni agar talablari bajarilmasa namoyishlar mamlakatning boshqa hududlarida ham davom etishi, bundan tashqari, oktyabrga belgilangan ovoz berish jarayonlariga qarshilik qilinishi haqida ogohlantirishgan.

«Biz o‘zimizning mustaqil hukumatimizni e’lon qilamiz va boshqa viloyatlarda ham noroziliklar boshlanadi», – degan general Do‘stumning qaytishi tarafdorlaridan biri matbuot vakillari bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Do‘stumni qo‘llab-quvvatlayotgan faollar Faryob saylov qo‘mitasi vakolatxonasini o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur qilishgan va saylov qog‘ozlarini yo‘q qilishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!