Kim Chen Inning singlisi Ukrainaga harbiy yordam berishni G‘arbning qo‘pol xatosi deb atadi

Kim Chen Inning singlisi Ukrainaga harbiy yordam berishni G‘arbning qo‘pol xatosi deb atadi

Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi departamenti direktori o‘rinbosari, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chen G‘arb siyosiy elitasini Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tanqid qildi.

Uning so‘zlari Koreya markaziy axborot agentligi (KSNA) tomonidan xabar qilingan.

Kim Yo Chen Ukraina qurolli kuchlariga harbiy yordam yadroviy falokat keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi. KXDR rahbarining singlisi Amerikaning Kiyevga yangi yordam paketini AQShning qo‘pol xatosi deb atadi.

Kim Yo Chen bunday qadamlarni «xavfli qimor» deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!