Katta Kurash bayrami oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi majlislar zalida IKA Prezidenti Haydar Farmon va Yoshlar siyosati va sport vaziri, IKA Birinchi Vise–Prezidenti Adxam Ikramovlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda IKA vise–Prezidentlari, qit’aviy Kurash konfederasiyalari va milliy kurash federasiyalari Prezidentlari, hakamlar hamda murabbiylar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Dastlab so‘zga chiqqan IKA Prezidenti World Series Pro turniri haqida batafsil ma’lumot berdi. Mazkur turnirni tashkil etishda katta yordam berayotgan O‘zbekiston hukumati, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Kurash federasiyasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Darhaqiqat, World Series Pro Xalqaro Kurash assosiasiyasi tomonidan xalqaro turnirlarning yangicha formatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan turnirda yil davomida dunyoning barcha qit’asida saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
Qit’aviy chempionatlar so‘ngida World Series Pro turniri uchun erkaklar -66kg, -81kg, -90kg va mutloq vazn toifalarida ayollar -57kg, -70kg va mutloq vazn toifalarida gilamga chiqdilar.
IKA taqvim rejasiga asosan aprel oyida Xitoyning Xangjau shahrida Osiyo qit’asi,
iyul oyida Misrning Qohira shahrida Afrika qit’asi, avgust oyida Dominikan Respublikasining Santo-Domingo shahrida Panamerika qit’asi, oktyabr oyida Gresiyaning Saloniki shahrida Yevropa qit’asi saralash bosqichlari o‘z g‘oliblarini aniqladilar.
Musobaqa nizomiga ko‘ra har bir qit’aviy bosqichda 1 va 2 o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar musobaqaning final bosqichi World Series Masters turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.
22 noyabr kuni Toshkentda World Series final bosqichi o‘z g‘oliblarini aniqlaydi.
O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Kurash federasiyalari tomonidan tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning mukofot jamg‘armasi 120 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Alpomish sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan bahslarga 28 ta davlatdan 7 vazn toifasida 56 nafar kurashchilar ishtirok etmoqda.
Anjumanda so‘zga chiqqan Yoshlar siyosati va sport vaziri, IKA Birinchi Prezidenti Adham Ikromov barcha mehmonlarni Kurash vatanida kurib turganligida mamnun ekanligi ma’lum qildi.
O‘tkazilayotgan har bir Kurash musobaqasi barcha Kurash fidoiylarining zahmatli mehnatlari evaziga tashkil etilayotganligini e’tirof etdi. O‘z o‘rnida World Series Pro turnirini tashkil etishda yordam berga Afrika Kurash ittifoqi prezidenti Tomas Dunkerga, Yevropa Kurash konfederasiyasi Prezidenti Mirabi Iliadesga va Panamerika Kurash ittifoqi Prezidenti Jaimi Kazanovalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Anjuman davomida 23-29 noyabr kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIV Jahon chempionatiga ko‘rilayotgan tayyorgarliklar bo‘yicha ham ma’lumot berildi.
Mazkur chempionat doirasida Xalqaro Kurash assosiasiyasining navbatdagi Kongressi, saylov va Kurash murabbiylari hamda hakamlari uchun xalqaro seminarlar o‘tkaziladi. Kurash mundialiga 60 dan oshiq mamlakatlar Kurash federasiyalaridan 500 nafarga yaqin ishtirokchilar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Turkmaniston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan katta Kurash bayramiga juda yuqori darajada tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Kurash bahslari Ashxabod shahridagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadi.