Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchining jasadi ikki metr chuqurlikdan topildi

Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchining jasadi ikki metr chuqurlikdan topildi

Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchining jasadi topildi, deb xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 5 mart kuni soat 16:00 da O‘zbekiston tumanining «Beruniy» mahalla fuqarolar yig‘ini Alisher Navoiy ko‘chasida yashagan 13 yoshli Umidjon Abdusattorov ehtiyotsizlik oqibatida Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan.

Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchining jasadi ikki metr chuqurlikdan topildi

Foto: «Daryo»

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani hokimligi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan.

Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchining jasadi ikki metr chuqurlikdan topildi

Foto: «Daryo»

Ma’lum qilinishicha, yigitchaning jasadi Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus mintaqaviy qidiruv-qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joydan 1 200 metr uzoqlikda 2 metr chuqurlikdan topilgan.

Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchining jasadi ikki metr chuqurlikdan topildi

Foto: «Daryo»

O‘zbekiston tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Najmiddinovning ma’lum qilishicha, Umidjon Abdusattorovning jasadi 2021 yilning 8 mart kuni soat 12:00 da suv tubidan olib chiqilgan. Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanmoqda.

Avvalroq viloyatning Yozyovon tumani Bo‘tqachi qishlog‘ida yashovchi 17 yoshli yigit 2020 yilning 22 dekabr kuni o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagani, uning jasadi oradan 73 kun o‘tib topilgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!