Kashmirda Hindiston hukmron partiyasining mintaqaviy rahbari otib o‘ldirildi

Kashmirda Hindiston hukmron partiyasining mintaqaviy rahbari otib o‘ldirildi

Noma’lum shaxslar “Bxaratiya Janata” partiyasining mintaqaviy rahbari Vasim Barini otib o‘ldirishdi.

Polisiya terakt deb baholagan voqea Bandipora okrugida yuz berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar Vasim oilasining uyiga bostirib kirib, siyosatchiga qarata o‘t ochishgan. Otishma paytida Vasim Barining o‘zi bilan bir qatorda uning ukasi va otasi ham jarohatlangan.

“Uchalasi ham kasalxonada vafot etdi”, deb xabar beradi “Directorate 4” telegram kanali.

Ta’kidlanishicha, qotillik polisiya bo‘limi joylashgan binodan o‘ttiz metr narida sodir etilgan.

Oilani sakkizta polisiya xodimi qo‘riqlashi kerak bo‘lgan, ammo hujum paytida ularning hech biri bo‘lmagan.

Shu bois ushbu polisiya xodimlari bo‘yicha rasmiy tekshirish ishlari boshlangan.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!