Kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabul muddati uzaytirildi

Kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabul muddati uzaytirildi

Kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Hujjatlar kasb.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabul muddati uzaytirildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, hujjatlarni qabul qilish muddati 15 avgustga qadar uzaytirildi.

“Bitiruvchi yoshlarning kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishini inobatga olib, ularga bu borada kerakli shart-sharoit yaratish maqsadida qabul muddati uzaytirildi”, deyiladi xabarda.

Hujjatlar kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Platformaga kiritiladigan hujjatlar:

tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma’lumotlari;

3x4 hajmidagi fotosurat.

Ma’lumot uchun, 2022/2023-o‘quv yili uchun 330 ta kasb-hunar maktabiga jami 78 ming 490 ta qabul parametrlari tasdiqlangan.

Shundan, 75 470 ta o‘zbek, 930 ta rus va 2090 ta qoraqalpoq tili guruhlari uchun belgilandi.

Kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabuli 1 iyuldan boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!