Karantin sharoitida tibbiy majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin

Karantin sharoitida tibbiy majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin

Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi sharoitida qo‘llashni nazarda tutuvchi 29-2-modda bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, karantin sharoitida epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzgan shaxsga nisbatan  tibbiy  majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin.

Tibbiy majburlov chorasi 30 sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy jazo tayinlash bilan birga qo‘llaniladi.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari tomonidan ta’minlanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!