Karantin mutolaasi: Qozog‘iston Prezidenti qanday kitoblarni o‘qiydi?
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ijtimoiy tarmoqdagi «Siz qanday kitob o‘qiyapsiz?» estafetasini qo‘llab-quvvatladi.
Shu munosabat bilan Davlat rahbari o‘zining "Instagram" sahifasida ayni damda o‘zi o‘qiyotgan kitoblar va gazeta va jurnallarning ro‘yxati bilan o‘rtoqlashdi.
«Ma’lumki, ushbu notinch davrda sizning kundalik hayotimiz o‘zgardi. Jahon hamjamiyati pandemiyaga qarshi kurashning yagona yo‘li ijtimoiy izolyasiya, ya’ni uyda qolish ekanligini tan oldi. Albatta, bu vaqtinchalik hodisa, o‘tkinchi davr. Biroq, bu vaqtdan samarali foydalanish har bir kishining qo‘lida. Shuning uchun, ushbu karantin kunlarida, shoirlar, yozuvchilar, jurnalistlar, madaniyat namoyandalari va oddiy fuqarolar ijtimoiy tarmoqda «Siz qanday kitob o‘qiyapsiz?» chellendj-estafetasida qatnashmoqda. Men ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman va bunday xayrli ishlar uchun vatandoshlarimga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman», - deb yozdi Prezident.
Q.Tokayev karantindagi oltinga teng vaqtni foydali narsalarga sarflash kerakligini ta’kidladi.
«Aslida kitob o‘qish ma’naviy kamolot manbaidir. Bugungi kun - har soniyada yangilanadigan axborot asri. Biz yolg‘on va mish-mishlarning qanchalik tez tarqalishini ko‘rib turibmiz. Unga yo‘l qo‘ymaslik uchun biz qimmatli vaqtimizni foydali narsalarga sarflashimiz kerak. Men taniqli shoir, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulug‘bek Yesdaulet tomonidan yuborilgan estafetani qabul qilaman va o‘zim o‘qiyotgan kitoblar, gazeta va jurnallarning ro‘yxatini taqdim etaman:
1. Jүsіp Balasag‘ұn. Qұtti bilіk.
2. Abay Qұnanbayev. Xikmet kіtәbі. Kniga mudrosti. Book of wisdom.
3. Winston Churchill. The Second World War. Volume III. The Grand Alliance.
4. Tұrsin Jұrtbay. Qұnanbay. 5. Yerlan Sidikov. Kunanbay.
6. Adam Tuz. Krax. Kak desyatiletiye finansovix krizisov izmenilo mir.
7. Alek Ross. Industrii budushego. The Industries of the future.
8. Kevin Kelli. Neizbejno. 12 texnologicheskix trendov, kotorie opredelyayut nashe budushee.
9. Parag Khanna. The Future is Asian.
10. «Qazaq әdebiyetі», «Ana tіlі», «Turkistan» jәne t.b. gazetter, «Jұldiz» jurnali.
«Fursatdan foydalanib, ushbu estafetani barcha vatandoshlarimga, ayniqsa, yoshlarga yo‘llayman va ushbu adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilaman», - dedi Prezident.
