“Karantin”dan qo‘rqmas qimorbozlar qo‘lga olindi

“Karantin”dan qo‘rqmas qimorbozlar qo‘lga olindi

Navoiy viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, joriy yilning 8 aprel kuni kechki soat 21:40 da Karmana tumani IIB JQB hamda viloyat IIB TVBSO xodimlari bilan hamkorlikda Karmana tumani hududida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida “Kalovot” MFYda istiqomat qiluvchi F.M. o‘zining yashash xonadonida qimorxona tashkil etgani aniqlandi.

U mo‘may daromad evaziga tanishlari P.B., A.J., O.E. hamda V.SH.ni qimor o‘yiniga jalb etgan. O‘yinda tikilgan umumiy qiymatdagi 3 million 712 ming 500 so‘m pul mablag‘lari hamda 7 dona o‘yin kartalari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirildi.

Shuningdek, V.SH. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka tortildi.

O‘ktam USMONOV,
leytenant.
Navoiy viloyati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!