Kanadada vaqtinchalik kokain va boshqa kuchli giyohvand moddalarni saqlashga ruxsat berildi

Kanadada vaqtinchalik kokain va boshqa kuchli giyohvand moddalarni saqlashga ruxsat berildi

Bugundan boshlab Kanadada kichik miqdordagi kuchli dori vositalarini saqlashga ruxsat beruvchi qonun kuchga kiradi, deya xabar beradi CBC.ca sayti.

Kanada axborot agentligining xabar berishicha, giyohvand moddalarni saqlashni dekriminallashtirish loyihasi bir provinsiyada va tajriba rejimida amalga oshirilmoqda. Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida 18 yoshdan oshgan odamlar uchun 3 yillik tajriba loyihasi 2,5 grammgacha kokain, metamfetamin, MDMA va opioidlarni (geroin, fentanil va morfin) saqlashni jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi. Loyiha 2026 yil 31 yanvargacha ishlaydi.

Britaniya Kolumbiyasi koronerlari tomonidan e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yildan 2022 yilgacha viloyatda o‘limning 85 foizdan ortig‘i opioid analgetik fentanildan foydalanish bilan bog‘liq. Kokain va metamfetamindan o‘lim ulushi mos ravishda 44,8 va 41,8 foizni tashkil qiladi.

Kanada Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, federal hukumat sinov loyihasini uning samaradorligini baholash uchun butun muddati davomida kuzatib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!