Kanada vakillari oktyabr oyida Tayvanga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Kanada vakillari oktyabr oyida Tayvanga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Kanada parlamentining bir guruh a’zolari oktyabr oyida Tayvan oroliga borishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda CBC mamlakat Liberal partiyasi deputati Judi Sgroga asoslanib xabar bermoqda.

“Savdo qo‘mitasi Tayvanga tashrif buyurib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aloqalarini chuqurlashtirish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligini ko‘rishni istaydi”, - dedi u.

2 avgust kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga keldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning safarini qimor deb atadi va shu yo‘l bilan Qo‘shma Shtatlar Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatni keskinlashtirishga ongli ravishda uringanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!