Kanada sohillarida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Kanada sohillarida 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri 2000 ga yaqin aholisi bo‘lgan Port-Makneyl shahridan 228 km g‘arbda joylashgan. Zilzila chuqurligi 10 km ni tashkil qilgan.
Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)