Kanada birinchi Leopard'ni Ukrainaga yubordi

Kanada milliy mudofaa vaziri Anita Anand Twitter'dagi sahifasida Kanada hukumati yanvar oyida va’da qilgan to‘rtta tankdan birinchi Leopard 2 tanki Galifaks aeroportidan Ukrainaga jo‘natilganini ma’lum qildi.
"Kanada Ukraina xalqi bilan birga. Biz Ukraina Qurolli kuchlarini g‘alaba qozonishi uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlashda davom etamiz", — deb yozadi Anita Anand.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)