Kamala Xarrisning shtab-kvartirasi kiberhujumga uchradi

Kamala Xarrisning shtab-kvartirasi kiberhujumga uchradi

Prezidentlikka nomzod Kamala Xarrisning shtab-kvartirasi kiberhujumga uchradi.
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Xarrisning saylovoldi shtab-kvartirasi iyul oyida kiberhujumga uchradi. Bu haqda "NBC" xabar bermoqda.

Partiyaning ta’kidlashicha, bu hujum xorijliklar tomonidan saylovlarga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan operasiyaning bir qismi bo‘lganiga ishonch bildirmoqda.

“Iyul oyida bizning xavfsizlik va yuridik guruhlarimiz FQBdan chet el ta’siri nishoniga aylanganimiz haqida xabar olishdi. Bizda kiberxavfsizlik bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rildi va bu hujumlar natijasida tizimlarimizda hech qanday buzilishlar kuzatilmadi”, dedi Xarris kampaniyasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!