Mamlakatimizda yer-mulk masalalarini tartibga solish, fuqarolarning o‘zlariga tegishli bo‘lgan yerlarni huquqiy asosda belgilab olish va himoya qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar tasdiqlangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi qarorida asosida shakllantiriladigan kadastr pasporti – ko‘chmas mulk ob’ekti to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar va ob’ektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat hisoblandi. Umuman, kadastr pasportini rasmiylashtirish va bu borada hududlarda fuqarolardan kelib tushgan arizalar qanday hal etilmoqda?
Birgina Sirdaryo viloyati misolida aytadigan bo‘lsak, kadastr pasportini shakllantirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 2024 yilning 6 oyi davomida 16 855 ta ariza kelib tushgan hamda ularning 9 909 tasiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib berilgan.
– Jami 213 896 ta ko‘chmas mulk bo‘lgan viloyatimizda 151 555 ta yakka tartibdagi turar joylar, 39 047 ta ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar, 16 369 ta noturar ob’ektlar va 6 925 ta bo‘sh yer maydonlari mavjud, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Rajabov. – Eng ko‘p kadastr pasportlari rasmiylashtirish esa viloyatning Guliston shahriga to‘g‘ri kelmoqda – 1 656 ta, Sirdaryo tumanida 1 091 ta, Boyovut tumanida esa 1 001 ta. Murojaatlardan 6 302 tasida kamchiliklar mavjudligi sababli rad etilgan va 210 tasida arizachilar tomonidan kadastr pasporti uchun davlat boji to‘lov jarayonida bo‘lsa, qolgan 434 ariza ko‘rib chiqilmoqda.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish joiz, kadastr pasportini rasmiylashtirishda ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joy fondiga oid qismiga ko‘ra ko‘p kvartirali uydagi kvartiralar 3 ish kuni mobaynida, yakka tartibdagi turar joylar 5 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi. Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga ko‘ra umumiy maydonidan kelib chiqib 5 ish kunidan 25 ish kuni moboynida kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin: kadastr pasporti uchun kelib tushgan arizalar qanday hollarda rad etiladi, degan.
– Kadastr pasportini shakllantirish uchun so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi, ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagani, vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk ob’ektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilgani sababli bino-inshootlarga kadastr pasporti rad etiladi, – deydi Bekzod Rajabov.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.
Ўзбекистоннинг биринчи рақамли шахматчиси, дунё рейтингида 7-ўринни эгаллаб турган 20 ёшли Нодирбек Абдусатторов 18–28 июнь кунлари Тошкент шаҳрида ўтказилган UzChess Cup 2025 II халқаро турнири пайтида блогер “IsomTV”га қисқа интервью берди.
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади