Juda ko‘p miqdorda pullarni o‘zlashtirib, qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Juda ko‘p miqdorda pullarni o‘zlashtirib, qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Andijon shahrida yashovchi, 38 yoshli (erkak) A.A. fuqarolarning 44.000 AQSh dollari pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganligi uchun JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etishda ayblanib, tergov va sud organlaridan yashiringanligi sababli qidiruv e’lon qilingan edi.

Axborot texnologiyalari imkoniyatidan foydalangan holda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qidiruvdagi A.A. Toshkent shahrida yashirinib kelayotganligi aniqlanib, qo‘lga olindi va qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Qonunga muvofiq, A.A. sodir etgan jinoyat uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!