JSST tavsiyasi: Koronavirusga qarshi emlanganlar ham niqob taqsin!

JSST tavsiyasi: Koronavirusga qarshi emlanganlar ham niqob taqsin!

JSST koronavirusga qarshi mavjud vaksinalarning COVID-19’ning kelgusida paydo bo‘ladigan turlariga nisbatan samaradorligi borasida ma’lumotga ega emas, shu bois emlanganlarni himoyalanish choralariga rioya qilishga chaqiradi, dedi tashkilotning Immunizasiya va vaksinalar bo‘yicha departamenti direktori Keyt O'Brayen.

Bizda vaksinalar mavjud har bir tur hamda kelgusida paydo bo‘ladigan turlardan qay darajada himoya qilishi borasida isbotlar yo‘q», — dedi JSST vakili.

Avvalroq britaniyalik olimlar koronavirusning janubiy afrikacha shtammi vaksina samaradorligini 30 foizga pasaytirishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Tekshiruvlar mazkur shtamm emlangan yoki ilgari kasallikka chalinib tuzalgan insonlardagi antitanalar samaradorligini 10 baravargacha pasaytirishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Ma’lum qilinishicha, koronavirusning janubiy afrikacha turi kasallikning dastlabki turiga nisbatan 60 foizga yuqumli.

22 mart kuni Belgiyada koronavirusning B.1.214 deb nomlangan yangi turi aniqlangandi. Qayd etilishicha, aholining 4 foizi ushbu shtammni yuqtirgan.

18 mart kuni Hindistonda koronavirusning britancha, brazilcha va janubiy afrikacha shtammlari aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!