JSST parranda grippi xavfidan ogohlantirmoqda

JSST parranda grippi xavfidan ogohlantirmoqda

Ma’lumki, kunlar soviy boshlashi bilan qushlarning migrasiya jarayoni boshlanadi. Ayni qushlarning boshqa joylarga ko‘chishi paytida parranda grippi tarqalish ehtimoli oshadi.

Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi tomonidan ma’lum qilindi.

“Parranda grippi virusining ayrim turlari odamlar hayoti uchun xavfli bo‘lishi mumkin, shuning uchun kasal va o‘lik qushlarga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish kerak”, deyiladi byuro xabarida.

Ma’lum qilinishicha, 2018 yilning 1 iyunidan 2018 yil 1 oktyabrgacha Jahon sog‘lom hayvonlarni himoya qilish tashkiloti mutaxassislari Rossiyada uy hayvonlari orasida parranda grippi (A(H5N2) bilan bog‘liq 81 ta holatni qayd etishgan. Rossiya Federasiyasining veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmatlardan biri esa mazkur holatda hatto ushbu grippning eng xavfli formasi — A(H5N8) ham qayd etilganini tasdiqlagan.

2016-2017 yillarda ayni shu virus bilan Yevropada ko‘plab uy parrandalari va yovvoyi qushlarning zararlangani tufayli millionlab parrandalar yo‘q qilingan edi. 

Ushbu holat takrorlanmasligi uchun jamoatchilik, sog‘liqni saqlash organlari, veterinariya xizmatlari va atrof-muhit tashkilotlari o‘rtasida yaqin hamkorlik zarur.

Shundan kelib chiqib JSST nafaqat o‘lik, hatto tirik qushlarga ochiq qo‘l bilan tegmaslikka, hamda “Oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashning beshta asosiy tamoyili”ga rioya qilishga chaqirmoqda.

Manbaga ko‘ra, hozir parranda grippini insonlarga yuqqani haqida hech bir holat qayd etilmagan. Ammo xotirjamlikka berilish uchun sabab ham bo‘lmaydi.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!