JSST: Bir yarim milliardga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

JSST: Bir yarim milliardga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bugun yoshlar o‘rtasida ommalashib ulgurgan, biroq ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolayotgan “global xatar” haqida yangi bayonot bilan chiqdi.

🎧 Unda qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha 1,5 milliard nafargacha yoshlar quloqchinlar orqali musiqa tinglash yoki shovqin-suronga boy ko‘ngilochar manzillarda bo‘lish oqibatida o‘z eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin.

🗂 Tabiiyki, bu shunchaki taxmin yoki bashorat emas! Chunki xavotirlanish uchun jiddiy asoslar bor. JSST ekspertlarining xulosasi so‘nggi 20 yil ichidagi o‘rganishlarni qamrab olgan.

📚 Qolaversa, 12 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 19 ming nafardan ziyod yigit-qizlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini jamlagan.

🥁Ma’lum bo‘lishicha, qatnashchilarning 24 foizi smartfonlardan quloqchinlar orqali baland tovushda musiqa tinglashga odatlangan. 48 foiz ishtirokchilar esa shovqin darajasi me’yordan yuqori bo‘lgan tungi klublarda vaqt o‘tkazishni xush ko‘rgan.

📊 Ushbu tahlillarni birlashtirgan tadqiqotchilar Yer yuzida 670 milliondan 1,35 milliard nafargacha yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin, degan to‘xtamga kelishdi.

‼️Shifokorlar fikricha, mazkur muammoning oldini olish yo‘li oson. Buning eng samarali usuli musiqani pastroq chastotada va qisqa muddat tinglashdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!