Jizzaxda "Cobalt"da yong‘in chiqdi

Jizzaxda "Cobalt"da yong‘in chiqdi

Bugun, 13-may kuni soat 05:16 larda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Lalmikor” MFY hududida 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro U.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli yengil avtomobil boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, avtomobilda yong‘in chiqqan.

G‘allaorol tumani FVBning yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 6:35 da aytilgan manzilga yetib borgan va soat 6:38 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida avtomobil haydovchisi yelka, o‘ng qo‘l kafti va yuz qismi kuyishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Yong‘in-qutqaruv qismidan yong‘in joyigacha bo‘lgan masofa – 53 km.

Shu o‘rinda haydovchilardan yo‘llarda harakat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini va charchoq holatida avtomobil boshqarmasliklarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!