Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Jinoyat kodeksi bir qator yangi normalar bilan to‘ldirildi:
sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik, shu qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan (20 mln 273 ming) 150 baravarigacha (30 mln 409 ming 500 so‘m) jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik ham belgilandi.
yer berish tartibini buzganlik uchun eng kam oylik ish haqining 150 baravaridan (30 mln 409 ming 500 so‘m) 300 baravarigacha (60 mln 819 ming so‘m) jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaganlik uchun fuqarolarga 202 ming 730 so‘mdan 608 ming 190 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga 608 ming 190 so‘mdan 1 mln 13 ming so‘mgacha jarima undiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.