Jidda shahrida birinchi Islom san’ati biyennalesining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Jidda shahrida birinchi Islom san’ati biyennalesining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 2023 yilning 23 apreliga qadar davom etadigan birinchi Islom san’ati biyennalesining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Biyennaleda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonning boy Islom madaniyatini xalqaro jamoatchilikka keng yoritib beruvchi qadimiy o‘lka turmush tarzi va gazlama matolari jilosini o‘zida mujassam etgan 17 ta noyob muzey ashyolari taqdim etilmoqda.

Ko‘rgazma VIII asrga oid muborak Katta Langar Qur’oni, X-XII asrlarga taalluqli Samarqand va Afrosiyob sopol ko‘za va kosalari, mashhur muhaddis al-Buxoriyning XVII asrga mansub «as-Sahih» kitobi nusxasi, Buxorocha erkaklar to‘nlari va poyabzallar hamda boshqa buyumlardan iborat.

Islom san’ati biyennalesi Diriya biyennale jamg‘armasi tomonidan Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Telegram (https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official) | Facebook (https://www.facebook.com/rasmiyxabarlarofficial/?ref=pages_you_manage) | Instagram (https://www.instagram.com/rasmiy_xabarlar_/) | Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCrZfjF_V9HzdvIaEj6Daqeg) | Mediabank (https://t.me/aokamediakontent)

Rasmiy xabarlar I Ofisialnie novosti, [24.01.2023 20:30]
[ Albom ]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi.

(https://president.uz/uz/lists/view/5838)Telegram (https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official) | Facebook (https://www.facebook.com/rasmiyxabarlarofficial/?ref=pages_you_manage) | Instagram (https://www.instagram.com/rasmiy_xabarlar_/) | Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCrZfjF_V9HzdvIaEj6Daqeg) | Mediabank (https://t.me/aokamediakontent)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!