Jeyms Bondning sevgilisi rolini ijro etgan aktrisa Klodin Oje vafot etdi

Jeyms Bondning sevgilisi rolini ijro etgan aktrisa Klodin Oje vafot etdi

Fransiyalik aktrisa va model Klodin Oje 79 yoshida Parijda vafot etdi. Oje o‘limining sababi hozircha noma’lum.

1958 yili Klodin Oje «Dunyo malikasi» go‘zallik tanlovida Fransiya sharafini himoya qilgan.

1965 yili u «Sharsimon chaqmoq» filmida Bondning sevgilisi Dominik (Domino) Derval rolini ijro etgan. Agent 007 rolini to‘rtinchi bor britaniyalik aktyor Shon Konneri o‘ynagan.

Shuningdek, Oje «Polisiya tarixi», «Qizil va qora», «Terimizdagi tuz», «Elkadagi kapalak» va «Qonli ko‘rfaz» filmlarida rol ijro etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!