Jenisbek Piyazov O‘zbekiston madaniyat va san’at vazirining maslahatchisi bo‘ldi

Jenisbek Piyazov O‘zbekiston madaniyat va san’at vazirining maslahatchisi bo‘ldi

Jenisbek Piyazov Madaniyat va san’atni rivojlantirish vazirining maktabgacha ta’lim sohasida maslahatchisi bo‘ldi

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq artisti Jenisbek Piyazov Burkitovich jamoatchilik asosida Maktabgacha ta’lim sohasida madaniyat va san’atni rivojlantirish maqsadida vazir maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbek va qoraqalpoq opera xonandasi Jenisbek Piyazov — (1988 yilda tug‘ilgan) asli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridan. 2007 yilda Nukus madaniyat va san’at kollejini tamomlagan. O‘sha yili “Yosh opera” respublika tanlovida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan va O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining “Qo‘shiqchilik” ixtisosligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan.

Iste’dodli san’atkor vokalchilarning respublika tanlovi 1-mukofoti, “Qozoq romansi” 12-xalqaro tanlovi, rus romantikasi yosh ijrochilarning 13-Moskva xalqaro tanlovi laureati. Muslim Magomayev nomidagi xalqaro vokal tanlovida Gran-pri sovrindori hisoblanadi.

U 2019 yilda Italiyaning Milan shahridagi jahonga mashhur La Skala teatri sahnasida qo‘shiq kuylagan birinchi o‘zbek san’atkori sanaladi.

Shuningdek, 2012 yilda Qoraqalpog‘istonda, 2014 yilda esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan. Piyazov 2021 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!