Janubiy Koreyada Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olindi

Janubiy Koreyada Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olindi

Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida avtohalokatdan keyin Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda janubiy Koreyaning MBC telekanaliga asoslanib turkmen.news xabar bermoqda.

Hodisa 20 aprel kuni kechqurun aholi turar joyidagi tor o‘tish qismida sodir bo‘lgan. Qora mashina to‘xtab turgan bir nechta mashinani urib, keyin yo‘lda davom etgan. Motosiklda bo‘lgan bir nechta kuryerlar voqea guvohi bo‘lishgan. Ular haydovchining mast bo‘lganidan gumon qilishgan va uning orqasidan quvishgan. 200 metrdan keyin ular mashinani to‘sib qo‘yishga va qarshilik ko‘rsatgan haydovchini hibsga olishga muvaffaq bo‘lishgan.

Polisiya hibsga olingan shaxs Turkmanistonning 20 yoshli fuqarosi ekanligini aniqladi. U mast edi, ammo qonidagi alkogol miqdorini o‘lchashdan bosh tortdi. Bundan tashqari, yigit haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan.

Mashinada haydovchidan tashqari yana ikki yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning shaxsi haqida hech narsa xabar qilinmadi.

Jnilbo manbasi hibsga olingan shaxsning ismini "A" deb yozadi. Gazetaning yozishicha, yigit beshta mashinaga zarar yetkazgan. Boshqa bir mahalliy nashrga ko‘ra, hibsga olingan shaxs Janubiy Koreyada qonuniy ravishda yashagan. U boshqargan mashina boshqa shaxs nomida bo‘lgan. Chet el fuqarosi yo‘l harakati qoidalarini buzganlikda ayblandi, tergov olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!