Janubiy Afrikada vabodan 31 kishi vafot etdi

Janubiy Afrikada vabodan 31 kishi vafot etdi

Janubiy Afrikada fevral oyida boshlangan vabodan vafot etganlar soni 31 nafarga yetdi, deya xabar beradi Anadolu.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Gauteng provinsiyasida vabodan 29 kishi, Fri-Steyt va Mpumalanga provinsiyalarida yana bittadan o‘lim qayd etilgan. Janubiy Afrikada jami 166 ta laboratoriya tomonidan tasdiqlangan vabo infeksiyasi aniqlangan, yana 202 nafari shifokorlar tomonidan tekshirilyapti. Rasmiylar avvalroq 22 kishining o‘limini e’lon qilgan edi.

Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosa epidemiyaning episentriga aylangan poytaxt chetidagi Xammanskraalega tashrif buyurdi.

Prezident vabo epidemiyasini tezroq bartaraf etish uchun hukumat barcha zarur choralarni ko‘rayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 43 mamlakatda 1 milliarddan ortiq odam vabo tarqalishi xavfi ostida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!