Jahongir Otajonovning o‘g‘li Turkiyaning mashhur klubida to‘p suradi (FOTO)

Jahongir Otajonovning o‘g‘li Turkiyaning mashhur klubida to‘p suradi (FOTO)

Xonanda Jahongir Otajonov instagramga o‘g‘li haqida post joyladi.

Unga ko‘ra, xonanda futbolga qiziqadigan o‘g‘lini Turkiyaning mashg‘ur "Galatasaroy" klubi akademiyasiga joylashtirgan. Bu haqda o‘zi shunday yozadi:

"Bundan 35 yil oldin otam meni qishloqdan poytaxtga o‘qishing kerak, deb olib kelgan edi. ALLOHga bexisob shukurlar bo‘lsinkim, bugunga kelib ozmi-ko‘pmi San’at sahnalarida ko‘rinib qoldik, ya’ni niyatimiz shu edi, niyatimizga yetdik. O‘g‘lim Muhammad ham Messini yaxshi ko‘radi. O‘zim "Real"chiman, "Barselona"ga olib borolmadim-ku, imkon qadariga olib keldim. Endi, o‘g‘lim, buyog‘i senga bog‘liq, qancha mehnat qilsang, shuncha buyuk bo‘lasan. Kelajakda yurtimiz bayrog‘ini jahon maydonlarida yuqoriga ko‘tarishni ALLOH senga qismat qilgan bo‘lib yana yaqin 10 yildan keyin dunyo yulduzi bo‘lishingni tilayman. Azizlar, duo qilinglar, ALLOH farzandlarimizning baxtu kamolini, u dunyoyu bu dunyosini bersin".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!