Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropada maymunchechak infeksiyalari uch baravar ko‘payganini ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropada maymunchechak infeksiyalari uch baravar ko‘payganini ma’lum qildi

Evropada so‘nggi ikki hafta ichida maymunchechak bilan kasallanganlar soni uch barobar oshdi, dedi JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Klyuge. Bu haqda Associated Press yozmoqda .

Klyuge Yevropa davlatlarini kasallik bilan kurashish uchun ko‘proq harakat qilishga chaqirdi.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 51 mamlakatida 5000 dan ortiq maymunchechak infeksiyasi qayd etilgan.

Klyugening so‘zlariga ko‘ra, Yevropada yuqtirganlar soni umumiy sonining qariyb 90 foizini tashkil qiladi, maymunchechak esa Yevropaning 31 davlatida aniqlangan.

JSSTning Yevropa mintaqaviy direktori, shuningdek, kasallanganlarning 99 foizi erkaklar ekanligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!