Islom taraqqiyot banki Boshqaruv kengashining Toshkentda o‘tkazilayotgan 46-yillik yig‘ilishi doirasida moliyaviy samaradorlikni oshirishga qaratilgan yangi platformani joriy etish masalasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AOKAning rasmiy telegram’ kanalida ma’lumot berildi.
Unda Senegal Respublikasi Markaziy banki boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi Xalifa Abubakar Sarr, Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Sunario Kartadinata, shuningdek, ITB vise-prezidentlari doktor Zamir Iqbol va doktor Manusr Muxtor ishtirok etdi. Pul mablag‘lari to‘lovini tezlashtiruvchi raqamli platforma bank operasiyalarining samaradorligini oshiradi va ishbilarmonlik munosabatlarini amalga oshirishni soddalashtiradi.
Platforma foydalanuvchilarga real vaqt rejimida to‘lov talabnomalarining holatini kuzatib borish va xavfsizlikni ta’minlovchi shart-sharoitlarda to‘lov bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun loyihaviy guruhlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilishga imkon beradi.
ITBning moliya bo‘yicha vise-prezidenti va moliyaviy direktori doktor Zamir Iqbolning ta’kidlashicha, ITBga a’zo mamlakatlar rivojlanishga xizmat qiluvchi maqsadlarga erishishda ushbu yangi tizimning imkoniyatlaridan samarali foydalanishlari mumkin. Platforma global texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mobil qurilmalarda aks ettirishga ham moslashtirilgan. Shuningdek, unda qo‘lda bajariladigan jarayonlar bilan bog‘liq boshqaruvdagi har qanday nuqsonlarni bartaraf qilish mumkin.
Pandemiya va ITB tomonidan a’zo mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar bank operasiyalarining samaralorligi dolzarb ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. Yangi elektron to‘lov platformasini ta’sis etish muhim strategik qadam hisoblanadi.
Avvalroq Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni podshohligi hukumati ko‘magida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘arg‘armasi tashkil etilishini xabar qilgan edik. Ta’kidlanishicha ushbu jamg‘arma O‘zbeksitonda kambag‘alliyni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab quvvatlaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.