Italiyaliklardan toza havoda niqob taqish talab etiladi

Italiyaliklardan toza havoda niqob taqish talab etiladi

Italiya rasmiylari koronavirusning ikkinchi to‘lqinining oldini olishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi Euronews telekanali.

Apenninada 24 soat ichida 4 458 kishida infeksiya aniqlandi, bu bir kundan oldingi ko‘rsatkichdan mingtaga ko‘pdir. Ushbu yangi holatlarning kunlik o‘sishi aprel oyining boshidan buyon eng katta ko‘rsatkichdir.

Epidemiya avj olgani sababli hukumat fuqarolarga butun mamlakat bo‘ylab, hatto ochiq havoda ham niqob taqishni majburiy etib belgiladi. Istisnolar faqat yolg‘iz qolganda yoki yaqin odamlar bilan birga, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, surunkali patologiyalar tufayli niqob taqiqlangan odamlar uchun, shuningdek ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish paytida joizdir.

Maska rejimini buzganlik uchun 400 dan 1000 yevrogacha jarima solinadi. Shuningdek, rasmiylar yangi sanoat va iqtisodiy cheklovlarning oldini olishga harakat qilmoqda. Biroq, mahalliy vaziyatga qarab, «qizil zonalar» kiritilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!