Italiyada 10 yoshli qizning o‘limidan so‘ng TikTok taqiqlandi

Italiyada 10 yoshli qizning o‘limidan so‘ng TikTok taqiqlandi

Italiyaning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish idorasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ining barcha italiyalik foydalanuvchilarining yoshini aniq aniqlab bo‘lmaydigan akkauntlarini vaqtincha bloklab qo‘ydi, deb xabar beradi RBK.

Cheklov 15 fevralgacha davom etadi. Taqiqqa Palermoda 10 yoshli qizning o‘limi sabab bo‘ldi. Qiz TikTok'da mashhurlikka erishishni niyat qilgan bo‘lishi mumkin.

Tafsilotlarga ko‘ra, Italiyaning La Repubblica gazetasining yozishicha, qarindoshlari qizni hammomda hushsiz holda topishgan. Bola og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, shifokorlar uni qutqara olmadilar. Taxminlarga ko‘ra, qiz o‘z-o‘zini bo‘g‘ishni aks ettirgan chellenjda qatnashgan. Italiya prokuraturasi o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida ish ochdi.

TikTok ma’muriyati vakili esa o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlarida bunday chelenj yo‘qligini ta’kidladi. "Biz xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni rag‘batlantiradigan yoki targ‘ib qiluvchi har qanday chellenjga yo‘l qo‘ymaymiz", dedi u.

Ijtimoiy tarmoq marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va uning o‘limi holatlarini tekshirishda o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!