Italiya hukumati mamlakatni chuqur tanazzuldan olib chiqish rejasini e’lon qildi

Italiya hukumati mamlakatni chuqur tanazzuldan olib chiqish rejasini e’lon qildi

Italiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan reja, bosh vazir Mario Dragi qanday qilib mamlakatni chuqur tanazzuldan olib chiqishga umid qilayotganini ko‘rsatdi. Yevropa Ittifoqining pandemiyadan tiklanish jamg‘armasining 221 milliard yevro (266 milliard dollar) mablag‘lari evaziga amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, yashil iqtisodiyot qurishga qaratiladi. Ayni paytda, mablag‘larning taxminan 40 foizi mamlakatning kam rivojlangan janubiy qismiga yo‘naltiriladi. Ushbu reja hali Italiya parlamenti tomonidan tasdiqlanmagan.

Yashil iqtisodiyot - bu ekologik xatarlarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan hamda atrof muhitni zararlamasdan barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!