Iste’molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 2 mingdan ortiq ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi

"O‘zenergoinspeksiya" tomonidan iste’molchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha joriy yilning birinchi choragi davomida jami 2 239 ta ob’ektning (quvvati 1 819 MV) elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, 1 392 ta iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanishiga ruxsat berildi.
Shuningdek, energetika ob’ektlariga tegishli 128 ta ob’ektning (quvvati 4,10 MV) elektr ta’minoti loyihalari kelishilib, shundan 24 ta ob’ektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.
Texnik shartlarsiz elektr ta’minotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Texnik shartlar talablarining bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.