Iste’molchi murojaatiga yechim topildi

Iste’molchi murojaatiga yechim topildi

2023 yil 22 may kuni Uchquduq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga T.Soliyeva ariza bilan murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, murojaat egasi 2021 yil avgust oyida Zarafshon shahrida joylashgan “N” do‘konidan 12 million 800 ming so‘mga “Samsung” rusumli muzlatkich sotib olgan. Muzlatkich shu vaqtga qadar, hali kafolat muddati tugamasdan to‘rt marta buzilgan.

Fuqaro murojaatida bildirilishicha, do‘kondagi servis xizmati xodimlari “Muzlatkich aslida “zavodskoy brak” chiqqan, buni do‘konda almashtirib bermaydi”, degan bahonalar bilan uni sarson qilgan.

Uchquduq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati aralashuvi bilan, fuqaroning murojaati ijobiy yechimini topdi: do‘kondagi servis xizmati tomonidan muzlatkichning nosoz ehtiyot qismi viloyat markazidan olib kelinib, sifatli, bepul ta’mirlab berildi.

Jamiyat xodimlariga beminnat xizmatlari uchun rahmat, deya minnatdorligini bildiradi iste’molchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!